Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganishlar davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori asosida uy-joy ta’miri uchun mablag‘ ajratilgan fuqarolar xonadonida amalga oshirilgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Sobir Abdulla” MFY, Yangi dehqon ko‘chasi 7-uyda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqaro X.Jo‘rayeva xonadoniga tashrif buyurilib, qaror ijrosi doirasida amalga oshirilgan “yashil ta’mirlash” ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlarining sifati, foydalanilgan qurilish materiallarining sifati, bajarilgan ishlarning belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiqligi, shuningdek, fuqaro uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4