Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
INVESTITSIYALAR — YANGI IMKONIYATLAR VA YANGI ISH O‘RINLARI GAROVI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Nazirov Madamin Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan hududda investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur deputat so‘rovi Tuman hokimining o‘rinbosari — tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i A. Abduqodirov nomiga yo‘llandi.
Deputat so‘rovida hududda investitsiya loyihalarining ijrosi, jalb etilgan investitsiyalar hajmi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etilishi, mavjud korxonalarni kengaytirish hamda buning natijasida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish nazarda tutilgan.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihalarning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ta’siri, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ham o‘rganiladi.
Deputatlik nazorati — hudud rivoji, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.