Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Sobir Abdulla” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalardan biri Po‘lat Qayumov ko‘chasini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar ko‘chaning mavjud holati transport qatnovi va piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirayotganini bildirib, yo‘lni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radilar.

Murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4