Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan 37-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔺Jumladan, maktabdagi isitish tizimi, qozonxona, mavjud isitish tarmoqlarining texnik holati hamda mavsum davomida foydalaniladigan yoqilg‘i zaxiralarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ta’lim muassasasining sinf xonalari va boshqa o‘quv xonalarida kuz-qish mavsumida zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari o‘rganilib, isitish tizimining ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

🔺Maktab ma’muriyati bilan suhbat davomida mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar olindi. O‘rganish jarayonida, shuningdek, elektr energiyasi ta’minoti, suv ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati, binolarning eshik va derazalari hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishiga e’tibor qaratildi.

🔺Shu bilan birga, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida qozonxona va isitish tizimlarini muntazam ravishda profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, zarur ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2