Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
янв.21
ФАН ОЛИМПИАДАСИНИНГ ТУМАН БОСҚИЧИ БОШЛАНДИ
янв.21
Фуқаро мурожаати ўрганилиб, оилавий ярашувга эришилди
Markaziy kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumandagi markaziy kutubxona faoliyati  va unda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🟢Kutubxonada kitobxonlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, mavjud xonalardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Kutubxona fondidagi adabiyotlarni saqlash, ularni kitobxonlarga yetkazish va foydalanish jarayoni bilan ham tanishildi.

🟢Shuningdek, kutubxona negizida axborot-kutubxona xizmati tashkil etilgani, bu esa foydalanuvchilarga zarur axborot va adabiyotlarni yanada qulay shaklda taqdim etish imkonini berayotgani qayd etildi. Axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, yoshlarni elektron va an’anaviy kitobxonlikka keng jalb etish masalalari ham muhokama qilindi.

🟢O‘rganish davomida kutubxona xodimlari va mas’ullar bilan muloqot qilinib, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, xususan, mavjud kitob fondi va kitobxonlar sonini inobatga olgan holda kutubxona binosi va foydalanish maydonlarini kengaytirish bo‘yicha bildirilgan takliflarga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Deputat tomonidan kutubxonaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, kitob fondini yangi adabiyotlar bilan muntazam boyitish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3