Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
SARDOBA TUMANIDA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA YECHIM TOPISHGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILMOQDA.

Qabulda tuman Xalq qabulxonasi vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ishga joylashish, moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan jami 8 ta murojaat bildirildi.
Murojaatlarning aksariyati bo‘yicha tegishli mas’ullar ishtirokida masalalarga qabul jarayonining o‘zidayoq yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot asosida o‘tkazilayotgan bunday qabullar aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish hamda fuqarolarning murojaatlariga e’tiborni yana-da kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9