Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
DEPUTATLAR FAOLIYATI O‘RGANILIB, AMALIY TAVSIYALAR BERILDI.

Shu maqsadda bugun Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlarning yig‘ma jildlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda bosh mutaxassis S.Nomozov tomonidan partiyadan saylangan deputatlar — G‘.Saitboev, G.Suvonqulova va B.Suyunovlarning faoliyatiga oid yig‘ma jild va hujjatlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida deputatlarning sessiya kun tartibiga tashabbus va takliflar kiritishi, deputatlik so‘rovi institutidan samarali va maqsadli foydalanishi, saylovchilar hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, deputatlik guruhi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, partiyaning dasturiy maqsad va ustuvor yo‘nalishlarini hududda izchil ilgari surish, shuningdek, mazkur maqsadlarni o‘zida mujassam etgan loyihalarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida deputatlarning faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, saylovchilar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hudud aholisi uchun dolzarb bo‘lgan masalalarni mahalliy Kengash sessiyalariga tashabbus sifatida olib chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday amaliy o‘rganishlar deputatlarning mas’uliyatini yanada oshirish, ularning partiya dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq etishdagi faolligini kuchaytirish va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining elektorat manfaatlarini mahalliy vakillik organlarida izchil ifoda etishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5