Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar o‘rganildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan “Qaytmas” MFY raisi, hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qiluvchi G.Abdullaevnaning nogironligi bo‘lgan fuqaroning xonadonida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqaroning ijtimoiy himoyasi, qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanish holati, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqaroning mavjud ehtiyojlari, kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi. Davlat tomonidan taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar va mavjud imtiyozlardan foydalanish tartibi yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi muammolarni tizimli ravishda o‘rganish hamda fuqarolarning murojaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.


✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4