Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
Ta’lim sifati — kelajak uchun muhim poydevor

Bo‘zatov tumanidagi 10-sonli maktab faoliyati, ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 1-sonli "Palwash ataw" saylov okrugidan saylangan deputat Aziz Ibragimov va deputat Nodira Rashidova maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasidagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.
O‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan so‘ng: Qusxanataw OFY faoliyati o‘rganildi
Bo‘zatov tumanidagi Qusxanataw OFIda mahalla faoliyati, aholi bilan ishlash jarayonlari hamda hududni rivojlantirishga doir masalalar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri Aziz Ibragimov, deputat Nodira Rashidova va Xalq deputatlari Kengashi 4-sonli "To‘rtko‘l" saylov okrugidan saylangan deputat Aysholpan Jangabaevlar mahalla yettiligi vakillari bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, mavjud muammolari, taklif va mulohazalarini tingladi.
Muloqot davomida mahallani boshqarish va aholi bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda hududdagi masalalarni tizimli hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan ishlarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 7