Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat Elyorjon Saidovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq, 2026-yil 17-sentabr kuni Chinoz tumani Markaziy kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, mavjud kitob fondi, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kutubxona xizmatlarining bugungi holati bilan yaqindan tanishildi.
📖 O‘rganish jarayonida kutubxona fondida jami 62 234 nusxada adabiyot mavjudligi aniqlandi. Mazkur adabiyotlar orasida badiiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, bolalar va boshqa yo‘nalishdagi kitoblar mavjud bo‘lib, ulardan aholining turli qatlamlari, ayniqsa, yoshlar foydalanib kelmoqda.
📚 Shuningdek, yaqinda Chinoz tumani hokimligi tomonidan kutubxona fondini yanada boyitish maqsadida 3 mingga yaqin yangi kitob olish uchun mablag‘ ajratilgani qayd etildi.
✨ Yangi adabiyotlarning kutubxona fondiga kiritilishi kitobxonlarning zamonaviy, mazmunan boy va turli yo‘nalishdagi asarlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va kitobxonlikni ommalashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
👨‍👩‍👧‍👦 O‘rganish davomida, ayniqsa, yoshlarni kutubxonaga keng jalb etish, ular uchun qiziqarli va ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish, yangi adabiyotlar taqdimotlarini tashkil etish hamda kitobxonlar bilan muntazam ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, kutubxonaning moddiy-texnik imkoniyatlarini yanada mustahkamlash, kitob fondini muntazam ravishda yangi adabiyotlar bilan boyitib borish va zamonaviy kutubxona xizmatlarini rivojlantirish muhimligi qayd etildi.