Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
“24 ta eng muhim yo‘nalish” mezoni asosida 15-sonli maktabdagi ta’lim-tarbiya va kutubxona faoliyati o‘rganildi

Termiz shahrida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati S.Abduraimov hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov Termiz shahridagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi sharoitlar hamda o‘quv-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlaridan kelib chiqib tashkil etildi. Unda ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ma’rifiy muhit, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Xususan, “Tarbiya” fanining o‘qitilishi, uning o‘quvchilar dunyoqarashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni o‘rganildi. Shuningdek, maktab kutubxonasi faoliyati, kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6