Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA MAHALLABAY ISHLASHGA USTUVOR AHAMIYAT QARATILMOQDA

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA MAHALLABAY ISHLASHGA USTUVOR AHAMIYAT QARATILMOQDA

“Termiz” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Termiz tumani hokimi Shuxrat Kalandarov rahbarligida mahallaga biriktirilgan mas’ullar, mahalla yettiligi a’zolari hamda14-Surxon saylov okrugi deputati J.Taxchiyeva ishtirokida amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xonadonlariga borilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolari o‘rganildi. Xususan, Baxtiyor Yo‘ldoshev oilasidagi muammolar joyida ko‘rib chiqildi.

Oiladagi ishsiz a’zoga santexnik xizmatlari ko‘rsatish uchun ssuda asosida zarur jihozlar ajratish, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish, to‘lovlarini qoplab berish hamda boshqa muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Mas’ullarga aholi murojaatlarini joyida hal etish, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb qilish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq hamda natijador ishlarni tashkil etish topshirildi.

📌 Asosiy e’tibor — har bir oilaning muammosini aniqlash, uning yechimini topish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilmoqda.

Slide 1 of 6