Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
### **KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA**

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Sultonnazir O‘razmetov Mesit mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Ma’mura Rajabovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mahalla raisi J. Bekchanova bilan hamkorlikda xonadonbay o‘rganishlar olib borilib, fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga alohida e’tibor qaratilib, kambag‘allikni qisqartirishda har bir oila bilan individual ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mahalladagi ijtimoiy masalalarni joyida o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarning natijadorligini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

Mahallabay yondashuv — manzilli yordam va amaliy natijaning muhim omilidir. 

Slide 1 of 1