Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#24_ta_tavsiya #deputat nazorati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevara Qodirova hamda "Bo‘ston" mahallasi profilaktika inspektori hamkorligida hududda joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish va profilaktik muloqot o‘tkazildi.

Tadbir va o‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
🛡 O‘quvchilar xavfsizligi: Maktab hududi hamda uning atrofida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash va unga ta’sir etuvchi omillar ko‘zdan kechirildi.
📋 Profilaktik hisob va nazorat: Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga moyilligi bo‘lgan hamda alohida e’tibor talab etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati qaytadan ko‘rib chiqilib, ular bilan olib borilayotgan tarbiyaviy va manzil-makonli ishlar holati o‘rganildi.
🗣 Tushuntirish va muloqot: Maktab ma’muriyati hamda pedagoglar bilan o‘quvchilarning darsga qatnashishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va nazoratsizlikning oldini olish bo‘yicha samarali muloqot olib borildi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni vatanparvarlik va qonunga hurmat ruhida tarbiyalashda mahalla va maktab hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.