Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#24_ta_tavsiya #nazorat #oliy_ta'lim

Olmaliq shahrida joylashgan Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida navbatdagi muhim va sermazmun uchrashuv hamda o‘rganish ishlari bo‘lib o‘tdi. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Shodiya Alijonova ushbu oliy ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.

Ushbu o‘rganish ishlari tasdiqlangan 24 ta tavsiyaviy yo‘nalish doirasida puxta va tizimli ravishda tashkil etildi.
Asosiy e’tibor — Kutubxona va bilim maskaniga!
O‘rganishlar davomida eng katta e’tibor talabalarning bilim olish markazi bo‘lmish Universitet kutubxonasiga qaratildi. Deputat Shodiya Alijonova kutubxona faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi:
📚 Kutubxonada mavjud bo‘lgan o‘quv adabiyotlari, badiiy hamda ilmiy-ommabop kitoblar zaxirasi ko‘zdan kechirildi.
💻 Kutubxona zamonaviy texnologiyalar bilan to‘liq jihozlangani, talabalarning elektron kitoblardan va xalqaro bilim bazalaridan erkin foydalanishlari uchun maxsus kompyuterlar bilan ta’minlangani alohida e’tirof etildi.
🛋 O‘quv zalida talabalar dars tayyorlashlari, tadqiqot olib borishlari va mutolaa qilishlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar yuqori baholandi.
"Zamonaviy ta’limni raqamli texnologiyalar va boy kutubxonasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida talabalarning har taraflama bilim olishi uchun yaratilgan ushbu sharoitlar tahsinga loyiq."
— Shodiya Alijonova, Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi deputati

Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti yoshlarga sifatli ta’lim berish va ularni kelajakning yetuk mutaxassislari etib tarbiyalash yo‘lida innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda davom etadi!

Slide 1 of 3