Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#jamoatchilik nazorati #o'rganish #komissiya faoliyati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari Alisher Samadov hamda Zuhra Pulatovalarga biriktirilgan tashkilot faoliyatini o'rganish hamda aholiga xizmat koʻrsatayotgan ko'chma bozor faoliyatini joyida oʻrgandilar.

🔍 Oʻrganish jarayonida asosiy eʼtibor qaratilgan jihatlar:
Tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar;
Aholi isteʼmoli uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining yetarliligi va  zahirasi;
Narx-navoning barqarorligi hamda mahsulotlar sifati.

Deputatlar bozor rastalarini koʻzdan kechirib, soha vakillari hamda xaridorlar bilan samimiy muloqotda boʻldilar. Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, bozorda barcha zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetarli va hamyonbop narxlarda sotilmoqda.
Eng muhimi, bozor hududida ham xaridorlar, ham tadbirkorlar kayfiyati yaxshi. Yaratilgan sharoitlar va tartib-intizomdan mamnun ekanligi kuzatildi.

📌 Xalq vakillarining bunday reyd va oʻrganish tadbirlari aholi farovonligi va bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash maqsadida muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 5