Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#24_ta_tavsiya #nazorat #ijtimoiy_himoya

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mahallada ijtimoiy muhitni yaxshilash maqsadida tizimli oʻrganishlar davom etmoqda.
Kuni kecha Olmaliq shahar Hokimligi Kotibiyat mudiri Sevara Qodirova tomonidan kunlik ish rejasiga muvofiq "Yangi hayot" mahallasida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va ijtimoiy xodimning faoliyati atroflicha oʻrganildi.

Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
🔹 Ijtimoiy reyestr va murojaatlar: Mahalla fuqarolaridan tushayotgan murojaatlar bilan ishlash hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga yordam koʻrsatish intizomi;
🔹 Ijtimoiy xodim faoliyati: Mahalladagi ijtimoiy xodimning xonadonbay yurish jarayonlari, ehtiyojmand oilalarning haqiqiy holatini aniqlash va ularga individual yondashuv;
🔹 Koʻrsatilgan yordamlar natijadorligi: Manzilli ijtimoiy koʻmak, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining amaldagi ijrosi.

Monitoring yakunida amalga oshirilgan ishlarga baho berilib, faoliyatni yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va masʼuliyat bilan yondashish hamda ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish boʻyicha ijtimoiy xodimga aniq koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

📌 Inson qadri va ijtimoiy adolatni taʼminlash borasidagi bu kabi kunlik oʻrganishlar shahrimizning barcha mahallalarida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5