Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#sessiyadan oldin o'rganish #muhokama

Olmaliq shahrida “Tashabbusli budjet” jarayonida gʻolib deb topilgan loyihalarning koʻrib chiqilishi, ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi hamda bajarilayotgan ishlarning sifati atroflicha tahlil qilindi.

⚡️ Ushbu jarayonda:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Kasimova,
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Barxayot Meliyev,
Shahar Kengashi Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova ishtirok etishdi.

Muloqot davomida gʻolib loyihalar boʻyicha olib borilayotgan amaliy ishlar va istiqboldagi vazifalar batafsil muhokama etildi. Masʼullar hamda deputatlar tomonidan har bir loyiha boʻyicha ajratilgan budjet mablagʻlarining oʻz vaqtida, sifatli va doimiy jamoatchilik hamda deputatlik nazorati ostida amalga oshirilishi shartligi alohida taʼkidlandi.

Fuqarolar faolligi va ovozi bilan gʻolib boʻlgan har bir loyiha Olmaliq shahri infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun qulay va munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

Mazkur masala yuzasidan bildirilgan takliflar shahar Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan.

Slide 1 of 2