Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#muhokama #sessiyadan_oldin_o'rganish

Xalq deputatlari Kengashi sessiyasi oldidan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 19¹-moddasi hamda deputatlik vakolatlari talablariga muvofiq, Olmaliq shahridagi deputatlar tomonidan oʻz okruglarida oʻrganishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Chambil” mahallasida hudud deputati Faxriddin Matasimov hamda “Boʻston” mahallasida deputat Zulfizar Mirzanova aholi vakillari, mahalla faollari va tashabbuskor fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazdilar.
Uchrashuvning markaziy mavzusi — “Tashabbusli budjet” loyihasining yakunlari va erishilgan amaliy natijalar muhokamasi boʻldi. Deputatlar fuqarolarning daxldorlik hissi, ahilligi va yuqori tashabbuskorligi natijasida mahalladagi muammoli masalalarni hal etishga qaratilgan loyihalarda gʻoliblik qoʻlga kiritilganini alohida eʼtirof etishdi.

Ochiqlik va jamoatchilik nazorati: Qonunchilikka binoan, gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish, qurilish va taʼmirlash ishlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan doimiy deputatlik hamda jamoatchilik nazorati oʻrnatilishi taʼkidlandi;
Kelgusi reja va vazifalar: Loyihaga kiritilgan hududlarni yanada obodonlashtirish hamda aholidan tushgan taklif va murojaatlarni navbatdagi Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish boʻyicha amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 4