Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#deputat faoliyatidan #24_ta_tavsiya

Olmaliq shahar Mahmudxo‘ja Behbudiy mahallasida ijtimoiy sohadagi ishlar va xotin-qizlar, oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligi atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish tadbirlari Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova tomonidan olib borildi.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagi muhim yo‘nalishlarga qaratildi:
Ijtimoiy xodim faoliyati: Mahallada ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlash darajasi ko‘zdan kechirildi.
Aholi murojaatlari: Joyida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar va muammolar bevosita tinglandi.
Mahalla yettiligi hamkorligi: Bildirilgan har bir murojaat mahalla yettiligi bilan birgalikda atroflicha muhokama qilinib, deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga qayd qilinib, ularning amaliy yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar hamda mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda hududda mavjud muammolarni hamkorlikda hal etishga qaratilgan bunday muloqotlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5