Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
“Jo‘yjangal” mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
Termiz shahrida “og‘ir” toifaga kiritilgan mahallalarni obod qilish, yo‘l-kommunal infratuzilmasini tubdan yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar deputatlik va senatorlik nazorati asosida izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi “og‘ir” toifaga kiritilgan “Jo‘yjangal” mahallasida olib borildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat Kengashi deputati D.Suvonova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdilar.

Mas’ullar tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Xususan, hudud yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning borishiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilinib, hududda infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va yo‘l sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Aholi vakillari mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmaviy ishlarga ijobiy baho berib, yaratilayotgan qulayliklardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Aholi manfaatlariga xizmat qiladigan har bir loyiha — doimiy e’tibor va nazoratda.

Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli, manzilli va samarali bajarilishini ta’minlash orqali hududlarning obodonligi va aholi farovonligini yanada oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Slide 1 of 5