Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

🇺🇿 Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

📁 Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatiga qator muhim yangiliklar kiritilmoqda:

✅ Mahalliy Kengashlarda Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etiladi. U bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham amalga oshiradi.

✅ Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida Kengash Rayosati tashkil etiladi. Uning tarkibiga Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar va siyosiy partiya guruhlari rahbarlari kiradi.

✅ “Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Endi deputatlar aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mahalliy davlat organlari va mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

💬 Senatorlar ta’kidlaganidek, ushbu Qonun Prezidentning 2025-yil 23-iyundagi PF–98-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qilib, “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amalda qaror toptirishda muhim qadam bo‘ladi.

📝 Qonunning qabul qilinishi:
— vakillik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishga;
— hududiy muammolarni hal etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.