35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar va oilalarning holatini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida N.Qodirova, Jiydali bog‘ ko‘chasi 6-uy manzilida istiqomat qiluvchi fuqaroning holidan xabar olindi.

Tashrif davomida fuqaro bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, uning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, oilaviy sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Suhbat davomida fuqaroning kundalik hayotida duch kelayotgan masalalari tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqaroning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda tegishli ijtimoiy ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Zarur hollarda mahalla mas’ullari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini bevosita xonadonning o‘zida aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, oilaning ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3