35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
BOLALAR TA’LIM OLADIGAN MUHIT — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️BOLALAR TA’LIM OLADIGAN MUHIT — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev Mirobod tumanidagi 328-sonli umumta’lim maktabi hamda unga tutash hududlarda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi.

📚 O‘rganish davomida maktabning o‘quv xonalari, mavjud jihozlar va ta’lim jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Bolalarning bilim olishi uchun qulay muhit yaratish bilan bir qatorda, maktab hududi va uning atrofidagi infratuzilma holatiga ham e’tibor qaratildi.

📉 Xususan, maktab atrofidagi piyodalar yo‘laklari, ichki yo‘llar, o‘quvchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun mavjud sharoitlar, avtomobillar harakati va to‘xtash joylari bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Bu borada, eng avvalo, bolalarning maktabga kelib-ketishida xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash muhimligi qayd etildi.

🌳 Shuningdek, hududning obodonlashtirilganlik holati ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.

🔺 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar, ichki yo‘llar va piyodalar infratuzilmasi, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan hamohang bo‘ldi.

🔎 Otabek Jiyanboyev tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida asosiy e’tibor o‘quvchilar uchun nafaqat maktab ichida, balki unga tutash hududlarda ham xavfsiz va qulay muhitni ta’minlashga qaratildi.

🤝 Zero, bolalarimiz ta’lim oladigan muhit, ularning xavfsizligi va munosib sharoitlarda bilim olishi — barchamiz uchun muhim mas’uliyatdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10