35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#162_ta_qonun
#okrugda_o'rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 23-sonli umumta’lim maktabida sohaviy qonun va qarorlar ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarga sifatli bilim berish sharoitlarini yaxshilash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 15-“Gulbog‘” saylov okrugi deputati I.Xalmatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi 23-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil ishlarini o‘tkazdilar.

✅O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan sohaviy savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘RQ–637), “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi (O‘RQ–901), “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi (O‘RQ–595) qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori talablari ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅Monitoring jarayonida dars mashg‘ulotlarining metodik ta’minoti, o‘qituvchilarning kasbiy huquq va kafolatlariga rioya etilishi, maktabning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda ota-onalar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

✅Tashrif yakunida ta’lim samaradorligini oshirish va aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha ta’lim muassasasi ma’muriyatiga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3