35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#jamoatchilik nazorati #bozor

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev hamda Kengash Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova boshchiligida Olmaliq shahar Oydin dehqon bozorida navbatdagi ishchi oʻrganish va nazorat tadbiri oʻtkazildi.

Oʻrganish davomida asosan quyidagi muhim yoʻnalishlarga eʼtibor qaratildi:
❇️Narx-navo barqarorligi: Kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz va sunʼiy ravishda oshib ketishining oldini olish;
❇️Zahira yaratilishi: Aholi ehtiyojini uzluksiz taʼminlash uchun asosiy mahsulotlar (un, yogʻ, goʻsht, kartoshka, piyoz va h.k.) gʻamlanishi va yetarli darajada zaxira mavjudligi;
❇️Sanitariya-gigiyena holati: Savdo rastalari, mahsulot saqlash joylari hamda umumiy bozor hududining tozalik va sanitariya talablariga javob berishi.

Natijalar va koʻrilgan choralar:
Monitoring yakunlariga koʻra, bozor rastalarida narxlar barqaror saqlanayotgani va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yetarli ekanligi aniqlandi.
Shu bilan birga, jarayon davomida sanitariya-gigiyena va tartib-intizom yoʻnalishida ayrim kichik kamchiliklar koʻzga tashlandi. Mazkur holatlar yuzasidan bozor maʼmuriyatiga zudlik bilan koʻrsatmalar berildi va aniqlangan barcha kamchiliklar joyida va tezkorlik bilan bartaraf etildi.

Aholi manfaatlari va ularning sifatli mahsulotlar bilan qulay narxlarda taʼminlanishi doimiy nazoratda boʻladi.

Slide 1 of 8