35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#ijtimoiy holat_nazorati #deputat_hududda 24_ta_tavsiya

Inson qadri va ijtimoiy himoya tamoyillarini amalda taʼminlash borasida Olmaliq shahrining "Abdulla Avloniy" mahallasida muhim oʻrganish ishlari olib borildi.
Xususan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Oybek Qurolboyev tomonidan mahalla fuqarolar yigʻini raisi bilan hamkorlikda hududda istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyoz va ijtimoiy yordamlarning manzilliligi hamda toʻgʻri qoʻllanilayotgani atroflicha tahlil qilindi.

Oʻrganish davomida quyidagi asosiy tadbirlar amalga oshirildi:
🔸Mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bor fuqarolarga koʻrsatilgan tibbiy, moddiy va ijtimoiy yordamlar boʻyicha biriktirilgan barcha tegishli hujjatlar deputat nazorati ostida koʻrib chiqildi.
🔸Deputat va mahalla masʼullari bevosita imtiyoz oluvchi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari, oilaviy va maishiy holatini koʻzdan kechirishdi.
🔸Muloqot davomida fuqarolarning muammolari, tibbiy xizmat va dori-darmon taʼminotiga boʻlgan ehtiyojlari tinglandi.
Bunday amaliy oʻrganishlar davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va imtiyozlarning har bir fuqaroga toʻliq va adolatli yetib borishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga qayd qilinib,  ijro nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5