35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Mahalla ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
Mahalla ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari deputatlik nazoratida


Xalq deputatlari tuman Kengashining "9-Gazarak" saylov okrugidan saylangan deputat O.Yaqubov okrugidagi "Bog‘iston" mahallasida o'rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati X.Melikov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan “Bo‘g‘iston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, yo‘l qoplamasining sifati, bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda obodonlashtirish ishlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, asfaltlashtirilayotgan ichki ko‘chalarning mavjud holati, yo‘lning tayyorlanish jarayoni, asfalt qoplamasining yotqizilishi va ishlarning belgilangan loyiha hamda me’yoriy talablar asosida olib borilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan suhbatlashilib, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi va asfaltlashtirilishi yuzasidan ularning fikr-mulohazalari hamda takliflari o‘rganildi. Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, ayniqsa, ijtimoiy obyektlarga olib boruvchi yo‘llarning holatini yaxshilash muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, yo‘l qurilishi va asfaltlashtirish ishlarini sifatli, belgilangan muddatlarda hamda amaldagi talablar asosida yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish va yo‘l muammolarini bosqichma-bosqich hal etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida doimiy e’tiborda.
Slide 1 of 3