35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАР БИР ОИЛА ДАРОМАДИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
#Chinoz_tumani Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi



🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri Asqar Baxramov tomonidan mahalla hokim yordamchisi Xusniddin Zayniddinovning faoliyati hamda hudud aholisini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹 Oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 13 ta loyiha uchun 270 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
🔹 “Birinchi qadam” dasturi doirasida 13 ta loyiha amalga oshirilib, 221 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
🔹 Mahalla loyihalari bo‘yicha 13 ta loyiha uchun 650 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
🔹 Aholining bandligini ta’minlash maqsadida 9 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilgan.
🔹 Shuningdek, 1 nafar fuqaro Suda yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlangan.
🔹 Subsidiya ajratish bo‘yicha 1 ta loyiha jarayonda.

✅ O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aholining muammolarini manzilli o‘rganish hamda har bir oilani daromadli faoliyatga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2