35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
MONOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich tomonidan Monoq mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori asosida hayotga tatbiq etilmoqda.
Dastur doirasida mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish uchun 
5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Mablag‘lar hisobidan mahalla markazini obodonlashtirish, yo‘l va piyodalar infratuzilmasini yaxshilash, elektr ta’minotini mustahkamlash hamda sug‘orish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan:
·         mahalla markazini zamonaviy qiyofaga keltirish;
·         mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qurish;
·         “Xorazm”, “Xorazm-1” va “Quvonch-1” ko‘chalarida 2,5 km piyodalar yo‘laklari barpo etish;
·         mazkur ko‘chalarga 60 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish;
·         “Quvonch-1” va “Xorazm-1” ko‘chalarining 2,2 km qismini asfaltlash;
·         “Quvonch-2” ko‘chasining 1,7 km qismini shag‘allashtirish;
·         elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi transformator va 3 km elektr tarmog‘i tortish;
·         21 gektar tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyatini yaxshilash uchun “G‘allakor” ko‘chasidagi 1 km ariqni betonlashtirish kabi ishlarni amalga oshirish belgilangan.
O‘rganish davomida bajarilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma ishlari holati tahlil qilinib, mavjud masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla yettiligi vakillari bilan fikr almashildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish sifati va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Monoq mahallasida aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi loyihalarning ijrosi deputatlik nazorati ostida. Belgilangan vazifalarning sifatli amalga oshirilishi va yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijaga aylanishi bo‘yicha monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2