35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish hamda aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida saylov okruglarida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “21-Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputati S.Saidovning saylov okrugiga kiruvchi “Turmushobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Xamdamova ishtirok etib, hududdagi xonadonlarning ijtimoiy holati, aholini qiynab kelayotgan muammolar, fuqarolarning murojaatlari va takliflari atroflicha o‘rganildi.

Xonadonbay o‘rganishlar davomida, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash hamda ularning mavjud muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilma, tibbiy xizmat, bandlik va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirgan murojaatlari tinglandi. Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

O‘rganish davomida fuqarolarga mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida tushuntirishlar berilib, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish hamda ularning natijadorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3