35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining VII chaqiriq 25-sessiyasida tuman hayoti va aholi manfaatlari bilan bog‘liq muhim masalalar deputatlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Sessiyada kun tartibiga kiritilgan 3 ta masala ko‘rib chiqilib, har bir masala yuzasidan mas’ul rahbar va doimiy komissiya raislarining axborotlari eshitildi hamda deputatlarning savol va takliflari muhokama qilindi.

🔹 Birinchi masala — O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari, komissiya raisi R.Xamdamov axborot berdi.

🔹 Ikkinchi masala — Furqat tumanida jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tashabbusli byudjetning 2026 yil ikkinchi bosqich yakunlari ko‘rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi S.Axmedov hisobot berdi.

🔹 Uchinchi masala — Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining 2023 yil 24 iyuldagi VI-67-72-11-164-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish masalasi muhokama qilindi. Masala yuzasidan Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Z.Mamatqulov axborot berdi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar belgilangan Reglament asosida ko‘rib chiqilgani, bildirilgan takliflar qaror loyihalariga kiritilgani qayd etildi.

📌 Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi — aholi manfaatlarini ifoda etuvchi va hudud rivojiga qaratilgan masalalarni deputatlik nazorati asosida ko‘rib chiqishda davom etadi.

Slide 1 of 1