35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich Shovot tumanidagi Ogahiy mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni joyida o‘rgandi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan hududlarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Ogahiy mahallasining “Ogahiy” va “Musavvir” ko‘chalaridagi zovurni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarning belgilangan standart va talablarga muvofiq olib borilayotgani yuzasidan mahalla aholisi tomonidan murojaatlar bildirildi.
Deputat ushbu murojaatlarni joyida o‘rganish maqsadida ko‘chalarni aylanib, aholi bilan bevosita muloqot qildi hamda zovurni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, qurilish ishlarining sifatli, belgilangan me’yor va standartlar asosida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Bunday amaliy uchrashuvlar orqali aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 3