35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#hokim_deputat #murojaat_daftari

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugidagi deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, mazkur hududda aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Mavlyanov tomonidan “Xalqobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi”ning aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xonadonbay ishlash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalladagi mavjud muammolar xonadonlar kesimida tanqidiy-tahliliy o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi muammolarini imkon qadar mahallaning o‘zida hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Asosiy mezon — natija. Har bir xonadon, murojaat va muammo ortida inson taqdiri turganini inobatga olgan holda, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish va aniqlangan masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5