35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#Murojaat Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#Murojaat

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 6-Qorasuv saylov okrugi deputati J. Raximqulov tomonidan ish rejasiga muvofiq, Gulzor mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Meliqulova Mahbubaning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning ijtimoiy muammolarini aniqlash va amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlil qilindi.Tahliliy ma'lumotlarga ko‘ra, mahallada 54 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, ular bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, 32 ta “Keys” ochilgan.
“Saxovat va ko‘mak” mablag'lari doirasidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, kiyim-kechak bilan ta’minlash bo‘yicha ham amaliy yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, Shoto‘rayeva Feruza va Toshmamatova Maxbubalarga kiyim-kechak olib berilgan.

O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan individual ishlashni yanada kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1