Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Misgarlik mahallasida kambag‘allikni qisqartirish masalalari tahlil qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov tomonidan “Misgarlik” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish va tahlil jarayonida mahalla yettiligi hamda mutasaddi idora va tashkilotlardan tashkil topgan ishchi guruh vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, mahalladagi oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Jumladan, aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik va biznes faoliyatiga yo‘naltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda oilalarning farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov mamlakatimizda har bir insonning munosib va farovon hayot kechirishi, o‘z orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishi hamda ijtimoiy holatini yaxshilashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish, har bir oilaning muammosiga manzilli va individual yondashish, fuqarolarni mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8