Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati o‘rganildi
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati o‘rganildi


Navoiy shahridagi oziq-ovqat savdo do‘konlarida sotuvda mavjud mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan amalga oshirildi.

📝 O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, mahsulot yorlig‘idagi ma’lumotlar hamda iste’molchilar uchun zarur axborotlarning mavjudligi ko‘zdan kechirildi.

⚖️ O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (221-I-son) talablari asosida amalga oshirildi.
Mazkur qonunchilik talablariga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati va saqlash shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha savdo faoliyatini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlariga rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📌 Asosiy maqsad — iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda aholiga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishini ta’minlash.


🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 6