35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Fuqarolar murojaati asosida muammo joyida o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #deputatlik_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

Fuqarolar murojaati asosida muammo joyida o‘rganildi

🕯 Fuqarolarning murojaatlari asosida hududlarda aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Katta Cho‘ponota mahallasi, Izza ko‘chasi 2-uy oldida bir necha oydan buyon ochiq holda qolib ketgan drenaj tizimi bilan bog‘liq masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

⚠️ Mazkur holat nafaqat atrofdagi xususiy savdo shoxobchalari va dorixona faoliyatiga, balki fuqarolarning mazkur ko‘chadan erkin va xavfsiz harakatlanishiga ham noqulaylik tug‘dirmoqda. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida yog‘ingarchiliklar sabab ushbu hududdan o‘quvchilarning maktablarga qatnovida qo‘shimcha qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

🇺🇿 Murojaatni o‘rganish ishlari xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi, "20-Xirmontepa" saylov okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda Katta Cho‘ponota mahallasi raisi Zoirbek Saatov tomonidan amalga oshirildi.

📈 O‘rganish davomida mavjud muammo va uning fuqarolar uchun keltirib chiqarayotgan noqulayliklari joyida ko‘zdan kechirilib, mas’ul tashkilotlar oldiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish masalasi qo‘yildi. Muammoni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish maqsadida mas’ullarga deputatlik so‘rovi kiritish belgilandi.

✅ Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida. Muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.

Slide 1 of 4