35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
665-сонли қарор ижроси юзасидан сессияда ҳисобот берилди
IBRAT MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#24_TAVSIYA_IJROSI

IBRAT MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov “Ibrat” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.
🔹 O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 talik tavsiyalar ijrosini ta’minlash hamda hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish maqsadida tashkil etildi.
🔹 Jarayonda mahalla Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va reabilitatsiya qilish choralarining borishi atroflicha tahlil qilindi.
🔹 Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda “Ibrat” mahallasi bo‘yicha kambag‘allik reestrida poydevor sifatida 35 ta oila ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning toifalari quyidagicha ajratilgan:
18 ta — bevosita kambag‘al oilalar;
4 ta — kambag‘allik chegarasidagi oilalar;
13 ta — davlat ta’minotida bo‘lgan oilalar.
🔹 Muloqot davomida ushbu oilalarni toifalari bo‘yicha manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va doimiy daromad manbalariga ega qilish borasida Hokim yordamchisi va mahalla “yettiligi”ga tegishli tavsiya hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Ijro monitoringi shahar Kengashi Kotibiyati nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 3