35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
📚 PEDAGOGNING HUQUQLARI — QONUN HIMOYASIDA

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-son “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni pedagoglarning huquqlari, qonuniy manfaatlari va kasbiy faoliyatini himoya qilishga qaratilgan muhim huquqiy asosdir.

📌 Qonunda pedagoglar uchun qanday kafolatlar belgilangan?

🔹 Pedagogning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasida.

🔹 Pedagogning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish, bilimlarni xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish hamda xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔹 Pedagoglarni kasbiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlarga, jumladan obodonlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlanadi.

🔹 Pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobot va ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔹 Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitish vositalari va usullarini tanlash huquqiga ega.

🔹 Davlat ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda malaka oshirish, o‘quv-uslubiy materiallar va ijtimoiy kafolatlar ta’minlanadi.

🔹 Pedagog o‘z huquqlari buzilgan taqdirda ularni qonuniy tartibda himoya qilish, zarur hollarda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

⚖️ Muhim: pedagog huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish — ta’lim sifati va pedagogning munosib mehnat qilishi uchun muhim shartdir.

Qonunni bilish — huquqni anglash. Huquqni anglash esa uni himoya qila olish demakdir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi
15-Bahor saylov okrugi deputati
Tojiyev Asadulla Yaxshiboyev

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1