Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Kengash_faoliyati

#deputat_okrugida #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#deputat_foliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Farovon" mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

Bandixon tumanida mahallalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda "Mahalla yettiligi" tarkibidagi profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Farovon" mahallasida bo‘lib, mahallaga biriktirilgan Profilaktika inspektorining faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiquvchi vazifalar ijrosi, jinoyatchilik holati tahlili, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda soha mas’uliga mahalla faollari bilan birgalikda profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2