35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 17-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputati M.Raximov tomonidan Bo'ston mahallasida aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada piyodalar harakati uchun yo‘lak tashkil etish zarurligi aniqlandi. Mazkur hududda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida yo‘lakning beton qoplamasini tashkil etish hamda zarur joylarga shag‘al-tosh to‘kish masalasi ko‘tarildi.

💧 Shuningdek, 21-sonli oilaviy poliklinika qurilayotgan hudud yaqinidagi suv inshootida nasosning ishlamayotgani aniqlanib, uni ta’mirlash hamda mavjud suv tarmog‘idan foydalanib, qurilayotgan oilaviy poliklinikani suv bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan mazkur muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi. Ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinib, ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3