35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“Naymanko‘l”da yo‘l ishlari: aholi fikri o‘rganilmoqda

“Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugidagi ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari oldidan olib borilayotgan jarayonlar deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbaevich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda hududdagi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

😊 Aholi ko‘chalarni asfaltlash ishlari boshlanayotganidan mamnun. Fuqarolar uzoq kutilgan mazkur ishlar hudud obodonchiligi va harakatlanish sharoitlarini yaxshilashiga ishonch bildirib, amalga oshirilayotgan ishlar uchun Prezidentimizga hamda mas’ullarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqda.

🤝 Deputatlar tomonidan fuqarolar fikrlari tinglanib, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi yuzasidan nazorat davom ettirilmoqda.

Obod mahalla — aholi roziligi va farovon hayotining muhim mezonidir.