35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, huquqiy tartib tushuntirildi

Qo‘qon shahridagi 14-“Qaymoqli guzar” mahalla fuqarolar yig‘ini, Muqimiy ko‘chasi 12-uyda yashovchi fuqaro Xodjayev Muxtor Axmedovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyevaning shaxsiy qabulida bo‘lish masalasida yo‘llangan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida mahalla raisi M.Irmonov, ushbu hudud deputati J.Xusanov hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov fuqaroning xonadoniga borib, uning murojaati bilan bog‘liq masalalarni atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganish davomida fuqaro M.Xodjayevning murojaati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, uni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqaroga Oliy Majlis Senati Raisining fuqarolarni qabul qilish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni hamda Senatning ish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Fuqaroning murojaati yuzasidan mavjud tartib va imkoniyatlar tushuntirilib, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5