35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oybek” MFYda joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati doirasida nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida maktab direktori ishtirokida
kutubxonaning bugungi holati, mavjud sharoitlari, kitob fondi,kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish holati hamda o‘quvchilarning kutubxonaga jalb etilish darajasi ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, kutubxona xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, adabiy tadbirlar va kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.Jarayon davomida kutubxona xodimlarining mavjud muammo va takliflari tinglanib, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish,o‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish bo‘yicha fikr almashildi. O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda kutubxona faoliyatini takomillashtirish masalalari nazoratga olindi.Mazkur o‘rganish orqali ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondidan foydalanish holati va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi ishlar baholanib, kelgusida bu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada kuchaytirish zarurligi belgilab olindi.
  

Slide 1 of 6