35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari

📍 Shovot tumanidagi o‘rganishlar davomida “Paxtakor” mahallasida joylashgan “Kelajak” markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🏢 O‘rganish jarayonida markaz binosining mavjud holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, yoshlar uchun munosib va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida binoni mukammal ta’mirlash zarurligi aniqlandi.
🔧 Xususan, binoning tom qismini yangilash, ichki va tashqi pardozlash ishlarini amalga oshirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda isitish tizimidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🤝 O‘rganishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Kengash Kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
🎓 Markazni zamonaviy talablar asosida ta’mirlash yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, turli to‘garak va mashg‘ulotlarga jalb etish uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratadi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, markaz faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaxshilash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralarni ko‘rish yuzasidan takliflar bildirildi.
🌱 Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat — kelajak taraqqiyotiga xizmat qiladigan mustahkam poydevordir.

Slide 1 of 3