35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
"Barqaror hayot" markazi bilan yangi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi!
Termiz shahrida aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolik jamiyati institutlari (NNTlar) bilan amaliy muloqotni kengaytirish borasida yangi bosqichga qadam qo‘yildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazida bo‘ldilar.

Tashrif davomida nodavlat notijorat tashkiloti rahbariyati va mas’ullari bilan samarali muloqot o‘tkazilib, shahar Kengashi va markaz o‘rtasida yangi amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Muzokaralar davomida tomonlar kelgusida shahrimizda quyidagi muhim yo‘nalishlarda birgalikda amaliy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar:

Ma’naviy-ma’rifiy loyihalar: Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida huquqiy va ma’naviy savodxonlikni yuksaltirishga qaratilgan seminarlar, treninglar hamda ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etish;

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarga manzilli amaliy, tibbiy-ijtimoiy hamda psixologik ko‘mak berish;

Xalqaro tajribalarni joriy etish: Markazning xalqaro hamkorlik imkoniyatlaridan foydalangan holda mahallalarda ijtimoiy profilaktika va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish.

Uchrashuv yakunida kelgusida mahallalarda birgalikda sayyor tadbirlar hamda aksiyalarni o‘tkazish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi kelishib olindi.