35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tumanning “Pskom” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi M.Esonboyevning aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib bandligini ta’minlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallada ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔻Shuningdek, kambag‘al oilalarni aniqlash va ularning daromadini oshirishga qaratilgan individual yondashuv asosida ish tashkil etilayotgani, har bir oilaning mavjud imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralar belgilanayotgani o‘rganildi.

🔻Deputatlik o‘rganishi yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, kambag‘al oilalarni barqaror daromad manbaiga ega qilish va belgilangan vazifalar ijrosini tizimli nazorat qilib borish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1