35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
🚰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi

🚰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 7-Fayzobod saylov okrugi deputati N.Dushayeva, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda “Tinchlik” MFY raisi ishtirokida mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ichimlik suvi tarmoqlari bilan bog‘liq murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💦O‘rganish davomida mahalla hududidagi ayrim ichimlik suvi tarmoqlarining nosoz holatda ekani, natijada quvurlardan tinimsiz suv sizib chiqishi hamda suvning yo‘l va yo‘l chetlariga oqib ketishi oqibatida aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

📃Aniqlangan muammoni bartaraf etish, ichimlik suvi tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan tuman Suv ta’minoti bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4