35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari N.Xaitqulov, B.Baxovadinov hamda tuman hokimligi Umumiy bo‘lim mudiri I.Alimbekova ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

📃Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlarini atroflicha o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

👥Qabulda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman Suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘i, tuman Kadastr bo‘limi boshlig‘i, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda sohaga mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.

📃 Qabul davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Xususan, kommunal xizmatlar, uy-joy masalalari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bolalar nafaqasi, subsidiya, pensiya, bandlik va ta’lim bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🖊Har bir murojaat individual tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tartib va amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi.

📌Fuqarolar qabuli davomida aholining muammolarini bevosita o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida va samarali hal etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 3